Fabrika haqida:
1998 yilda tashkil topilganidan buyon SFAD shirinlik fabrikasi o'z iste'molchilarini yuqori sifatli, mazali va mehr bilan yaratilgan konditer mahsulotlari bilan xursand qilib kelmoqda. An'analar va ta'mlardan ilhomlanib, biz eng didi nozik mijozlarimizga ham yoqadigan 200 dan ortiq turli shirinliklarni taklif etamiz.